Daryo

“Arsenal” 100 mln yevroga himoyachi xarid qilmoqchi — manba

Transfermarkt portali London klubi qiziqish bildirayotgan “Inter” himoyachisini 80 million yevroga baholagan.

1 daqiqa o‘qish2 769 ko‘rishlar0 izoh1

Londonning “Arsenal” jamoasi Milanning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Transfers nashri xabar berdi.

Angliya klubi rahbariyati fikricha, jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning taktik sxemasi ko‘p jihatdan Bastonining kuchli tomonlariga mos keladi. “Inter” 90-100 million yevrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchining Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Bastoni 2017-yilning avgust oyida 31 million yevro evaziga “Atalanta”dan “Inter”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u klub miqyosida 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq Opta statistik portali “Arsenal”ning APLda chempion bo‘lish ehtimolini 80 foizga baholagan edi. 2-pog‘onadagi “Manchester Siti”ning imkoniyatlari esa bor-yo‘g‘i 16,9 foizga teng deb topilgan.

Ayni paytda Mikel Arteta jamoasi APL turnir jadvalida 64 ochko bilan 1-pog‘onani band etgan. Londonliklar “Manchester Siti”ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar