Daryo

Aktyor Tom Holland va Zendaya turmush qurishdi

Juftlikning nikoh marosimi yopiq formatda bo‘lib o‘tgan.

1 daqiqa o‘qish18 879 ko‘rishlar0 izoh51

Gollivudning eng mashhur juftliklaridan biri — Tom Holland va Zendaya rasman turmush qurishdi. Bu haqda AQSH kinoaktyorlar gildiyasi (SAG Awards) mukofotini topshirish marosimi oldidan Zendaya shaxsiy stilisti Lo Rouch jurnalistlarga ma’lum qildi.

Mashhur stilist ikki yosh barchadan sir tutgan holda yashirin to‘y marosimini o‘tkazishganiga shama qildi.

“To‘y allaqachon bo‘lib o‘tdi. Siz uni o‘tkazib yubordingiz”, dedi Rouch.

Jurnalist ushbu xabar qanchalik haqiqat ekanini so‘raganida, u jilmayib:

“Bu mutlaqo haqiqat”, deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, Tom Holland va Zendaya ilk bor 2016-yilda “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmi suratga olish jarayonlarida tanishishgan edi. Unda Holland Piter Parker, Zendaya esa Meri Jey obrazini gavdalantirgan. Juftlik munosabatlarini faqatgina 2021-yilga kelib ochiqchasiga tasdiqlagan edi.

Foto: Pravila jizni

Ularning unashtirilgani haqidagi mish-mishlar esa Zendaya “Oltin globus — 2025” mukofotini topshirish marosimida chap qo‘lining nomsiz barmog‘iga yirik brilliant uzuk taqib chiqqanidan so‘ng ko‘paydi. Ko‘p o‘tmay, Tom ushbu xabarlarni tasdiqladi: intervyularidan birida u Zendayani shunchaki “hamkasbingiz” deb atagan muxbirning so‘zini to‘xtatib, “bo‘lajak rafiqam” deya uni tuzatgan edi.

Foto: The Hollywood Reporter
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar