Daryo

Tom Holland yangi “O‘rgimchak odam” filmini suratga olish vaqtida jarohat oldi

29 yoshli aktyor Leavesden Studios (Vatford, Angliya) studiiyasida maxsus tryukni ijro etish vaqtida yiqilib, boshidan lat yegan va shifoxonaga olib ketilgan.

1 daqiqa o‘qish1 640 ko‘rishlar0 izoh0

Yangi “O‘rgimchak odam: Mutlaqo yangi kun” filmi suratga olish jarayonida aktyor Tom Holland yengil jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Entertainment Weekly va boshqa manbalar xabar bermoqda.

29 yoshli aktyor Leavesden Studios (Vatford, Angliya) studiyasida maxsus tryukni ijro etish vaqtida yiqilib, boshidan lat yedi. Shifoxonada unga miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Hodisada faqat Holland jarohat olgan, boshqa aktyorlar va kino jamoasi zarar ko‘rmagan.

Tibbiy yordam ko‘rsatilgach, aktyor bir necha soat ichida kasalxonadan chiqarildi. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, u bir necha kundan so‘ng suratga olish maydoniga qaytishi mumkin. Film jamoasi xavfsizlik tizimini yanada yaxshilash uchun vaqtincha tanaffus e’lon qilgan.

Foto: Deadline

“O‘rgimchak odam: Mutlaqo yangi kun” Marvel olamining oltinchi bosqichiga kiruvchi filmlardan biri bo‘lib, suratga olish ishlari 2025-yil avgust oyida Glazgou shahrida boshlangan. Film rejissyori Destin Deniyel Kretton ilgari “Shang-Chi” filmi orqali tanilgan.

Premyera dastlab 2026-yil 24-iyulga rejalashtirilgan edi, biroq keyinroq sanasi 2026-yil 31-iyulga ko‘chirildi. Film “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” (1-may 2026) kartinasidan so‘ng katta ekranlarga chiqadi.

Asosiy rollarda yana Tom Holland (Piter Parker) va Zendaya (Meri Jeyn) qaytmoqda. Shuningdek, Jeykob Batalyon, Mark Ruffalo va Maykl Mendo ham ishtirok etadi.

Tom Holland bu rolni o‘z faoliyatidagi “yangi bosqich” deb atagan. U suratga olishning ilk kunini muxlislar bilan “Day One” belgisi bilan nishonlagan edi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar