Daryo

Isroil Eron sobiq prezidenti o‘lganini ma’lum qildi

The Jerusalem Post nashri Mahmud Ahmadinajodning fevral oyida o‘zining qarorgohida halok bo‘lganini da’vo qildi.

1 daqiqa o‘qish10 027 ko‘rishlar0 izoh3

Isroilning The Jerusalem Post nashri Eron sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod AQSH va Isroilning qo‘shma havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganini xabar qildi.

Da’vo qilishicha, zarba Tehron shimoli-sharqidagi Narnak tumanida joylashgan Ahmadinajodning qarorgohiga berilgan. Hujum oqibatida sobiq prezident va uning bir necha tansoqchilari hayotdan ko‘z yumgan. Xalqaro OAV xabarlariga ko‘ra, Narnakdagi ushbu portlash, ehtimol, 28-fevral oqshomida yuz bergan.

Ahmadinajodning siyosiy portreti

Mahmud Ahmadinajod o‘zining keskin qarashlari bilan tanilgan “qattiqqo‘l” siyosatchi edi. U ayniqsa 2009-yildagi bahsli qayta saylanishidan so‘ng boshlangan ommaviy namoyishlarni ayovsiz bostirgani bilan yodda qolgan.

O‘shanda hukumat tanqidchilari Ahmadinajodning g‘alabasini shubha ostiga olib, saylovlarda firibgarliklarga yo‘l qo‘yilganini da’vo qilgan edi. Prezidentlik lavozimini egallashdan avval u Ardabil provinsiyasi gubernatori va Tehron shahri hokimi bo‘lib ishlagan.

Ikki muddatli prezidentlikdan so‘ng u Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan “Muvofiqlik kengashi” (Oliy rahbar huzuridagi 48 kishilik maslahat organi) a’zosi etib tayinlangan edi. Hozircha Eron rasmiylari ushbu xabar yuzasidan hech qanday rasmiy bayonot berganmagan.

Bundan avvalroq Isroil oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘limi haqida xabar bergan edi. Biroz vaqtdan so‘ng rahnamoning o‘limi tasdiqlandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar