Daryo

Usik navbatdagi jangini kikbokschiga qarshi o‘tkazadi (foto)

WBC chempionlik kamari uchun o‘tkaziladigan mazkur to‘qnashuv 23-may kuni Misrda bo‘lib o‘tadi.

1 daqiqa o‘qish3 016 ko‘rishlar0 izoh2

Professional boksning ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Oleksandr Usik navbatdagi jangini 2026-yilning 23-may kuni niderlandiyalik Riko Verxovenga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda The Ring nashri xabar berdi.

Jang Misrdagi Giza ehromlari yaqinida bo‘lib o‘tadi. Unda og‘ir vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC) chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yiladi.

Foto: Ring Magazine

Oleksandr Usik 39 yoshda. Hozirda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA Super), WBC va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionlik kamarlari sohibi. 2025-yil noyabr oyida ukrainalik sportchi Butunjahon boks tashkiloti (WBO) kamaridan voz kechdi va og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvonini yo‘qotdi. Usik professional ringda 24 ta g‘alaba (15 tasi nokaut bilan) qayd etgan va biror marta mag‘lub bo‘lmagan.

36 yoshli Riko Verxoven esa dunyoning eng kuchli kikbokschilaridan biri hisoblanadi. U 11 yildan ortiq vaqt davomida Glory tashkilotining og‘ir vazndagi chempionlik unvonini o‘zida saqlab kelgan. Niderlandiyalik sportchi chempion sifatida Glory shafeligida ketma-ket 26 ta jangda g‘alaba qozongan. Shuningdek, u titul janglaridagi g‘alabalar soni bo‘yicha (14 ta) tashkilot rekordchisi hisoblanadi. Professional boks ringida u bitta jang o‘tkazib, unda nokaut bilan g‘alaba qozongan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar