Daryo

“Saudiya asoschisining loy qasri” — qirollik yuragi hisoblangan saroydan fotoreportaj

Saudiya Arabistoni mustaqillikka erishganidan atigi 6 yil o‘tib, qirollik asoschisi yangi saroyga ko‘chdi. Al-Murabba loydan qurilgan bo‘lsa-da, uzoq yillar saltanatning yuragi bo‘lib xizmat qildi. Bu yerda eng muhim hujjatlar imzolangan va xorijiy delegatsiyalar qabul qilingan. “Daryo” muxbiri majmuadan fotoreportaj tayyorladi.

2 daqiqa o‘qish47 147 ko‘rishlar0 izoh54

Ar-Riyod — osmono‘par binolar bilan to‘lib-toshayotgan shahar. Bu yerda yangi va mahobatli imoratlar shiddat bilan qad rostlayapti. Zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali u kun sayin dunyoning eng rivojlangan megapolislari qatoridagi o‘rnini mustahkamlab boryapti. Biroq Ar-Riyod markazida shunday maskan borki, bu yerda vaqt to‘xtab qolgandek tuyuladi. Qolaversa, gavjum shahar shovqini, hayot uchun kurash tashvishlaridan bir zum qutulish imkonini beradi. Gap Qirol Abdulaziz tarixiy markazi, boshqacha aytganda,  Murabba saroyi haqida bormoqda.

Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

1930-yillarning oxirida qurilgan ushbu saroy Saudiya Arabistoni asoschisi qirol Abdulaziz bin Abdulrahmon Al Saudning asosiy qarorgohi va ish joyi sifatida xizmat qilgan. Murabba so‘zi arabchadan tarjima qilganda kvadrat ma’nosini anglatadi. Bu majmuaning geometrik shakli va me’moriy tuzilishi bilan bog‘liq.

Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

​Saroyning shahar kengayishidagi ahamiyati ham ulkan. Boisi u o‘sha paytlar Ar-Riyod devorlaridan tashqarida qurilgan ilk yirik majmua edi. Al-Murabba 1953-yilgacha mamlakatning eng muhim hujjatlari imzolanadigan, xorijiy delegatsiyalar qabul qilinadigan maskan hisoblangan.

Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

Al-Murabba qirollik iqlimi va qadriyatlariga mos qurilgan. Uni barpo etishda Nadjiy me’morchiligiga murojaat etilgani yaqqol seziladi. Devorlarni ko‘tarishda loydan yasalgan g‘ishtlardan foydalanilgan. Tom qismini yopishda esa akatsiya hamda xurmo daraxti shoxlari qo‘llangan. Majmua umumiy maydoni saroy, xo‘jalik va qo‘riqlash binolari va bog‘ bilan qo‘shib hisoblaganda, 32 gektarni tashkil etadi. Al-Murabbaning yuqori qavatida qirol qabulxonalari va ish kabineti joylashgan. Majmuada, bundan tashqari, ichki hovli ham mavjud.

Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

Al-Murabba qirol Abdulaziz vafot etgan 1953-yildan so‘ng o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Biroq 1980-yillarning oxirida saroyni asl holatiga qaytarish va tarixiy yodgorlik sifatida saqlab qolish uchun keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari boshlandi. 1999-yili qirollik tashkil topganining hijriy taqvim bo‘yicha 100 yilligi nishonlanib, shu munosabat bilan saroy muzey sifatida jamoatchilik uchun ochildi. Uni ko‘rish uchun har yili, taxminan, yarim million mahalliy va xorijlik sayyohlar keladi.

Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov
Foto: “Daryo” / Humoyun Tojiddinov

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar