Daryo

Jurnalistlar o‘limi bo‘yicha 2025-yilda antirekord qayd etildi: ularning uchdan ikki qismi Isroil tomonidan o‘ldirilgan

Dunyo bo‘ylab matbuot xodimlari uchun so‘nggi 30 yillikdagi eng qonli davr qayd etildi. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi tegishli hisobot e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qish3 634 ko‘rishlar0 izoh1

O‘tgan 2025-yilda butun dunyo bo‘ylab rekord darajadagi 129 nafar jurnalist va OAV xodimi halok bo‘ldi. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi 25-fevral kuni e’lon qilgan hisobotida ushbu o‘lim holatlarining uchdan ikki qismi uchun Isroilni aybladi.

Eng qonli yil va xavfli hududlar

Bu ketma-ket ikkinchi yil davomida qayd etilgan antirekord bo‘lib, qo‘mita 30 yildan ortiq vaqt davomida ma’lumot to‘plashni boshlaganidan buyon eng ko‘p qurbon berilgan yil sifatida tarixga kirdi.

“Axborot olish har qachongidan ham muhim bo‘lib turgan bir vaqtda jurnalistlar rekord darajada ko‘p o‘ldirilmoqda. Muxbirlar yangiliklarni yetkazgani uchun o‘ldirilar ekan, barchamiz xavf ostidamiz”, dedi qo‘mita bosh direktori Jodi Ginsberg.

Hisobotga ko‘ra, 2025-yildagi barcha o‘lim holatlarining 75 foizdan ortig‘i qurolli to‘qnashuvlar hududlarida yuz bergan. Isroil o‘t ochishi oqibatida halok bo‘lgan 86 nafar OAV xodimining 60 foizdan ortig‘ini G‘azodan xabar tarqatgan falastinliklar tashkil etadi. Isroil harbiylari esa jurnalistlarni hech qachon qasddan nishonga olmasliklarini ta’kidlab kelmoqda.

Dronlar — yangi tahdid manbayi

Qo‘mita o‘z hisobotida dronlardan foydalanish holatlari ko‘payganiga alohida e’tibor qaratdi. Jami 39 ta holat hujjatlashtirilgan bo‘lib, shundan:

  • 28 tasi — Isroil tomonidan G‘azoda;
  • 5 tasi — Sudandagi “Tezkor yordam kuchlari” guruhi tomonidan;
  • 4 tasi — Rossiya harbiylari tomonidan Ukrainada amalga oshirilgan.

Ukrainada 2025-yilda jurnalistlar o‘limi 2022-yildan keyingi eng yuqori darajaga yetdi. Shuningdek, Sudan hududida ham qurbonlar soni 2024-yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Jazo qo‘llamaslik va uyushgan jinoyatchilik

Jurnalistlarning himoyasiz qolayotganiga asosiy sabab sifatida o‘lim holatlari bo‘yicha shaffof tergovlarning yo‘qligi va jazo 
qo‘llamaslik k
o‘rsatilgan. Xususan, Meksikada 6 nafar jurnalist o‘ldirilgan va barcha holatlar bo‘yicha jinoyat hali ham ochilmagan.

Filippinda 3 nafar jurnalist otib ketilgan. Bangladeshda esa firibgarlik tarmog‘iga aloqador shaxslar korrupsiya haqida yozgan muxbirni chopib o‘ldirgan. Shu kabi holatlar Hindiston va Peruda ham qayd etilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar