Daryo

Anchelotti terma jamoalar tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi — AS

Italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 276 ko‘rishlar0 izoh2

Braziliya futbol konfederatsiyasi Karlo Anchelotti bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, italiyalik mutaxassis dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi terma jamoa murabbiyiga aylanishi mumkin.

AS nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Anchelottining yillik maoshi qariyb 40 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, shartnomada alohida bonus ham ko‘zda tutilgan: agar Braziliya 2026-yilgi Jahon chempionatida zafar quchsa, Anchelotti qo‘shimcha 5 million yevro oladi. Hozirga qadar hech qaysi mutaxassis terma jamoadagi faoliyati davomida buncha daromad olmagan. 

Anchelotti bugungi kunda ham terma jamoalar miqyosida eng ko‘p maosh oluvchi mutaxassis bo‘lib turibdi. Italiyalik murabbiyning Braziliya terma jamoasidagi yillik daromadi 9,5 million yevroni tashkil etadi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel joy olgan bo‘lib, uning yillik maoshi 5,8 million yevroga teng. Kuchli uchlikni esa AQSH milliy jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino yakunlab bergan — uning yillik daromadi 5,2 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida. italiyalik mutaxassis 2025-yilning may oyidan buyon Braziliya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jamoa uning qo‘l ostida sakkizta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta g‘alaba, ikkita durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti faoliyati davomida “Milan”, “Real Madrid”, “Yuventus”, “PSJ”, “Bavariya”, “Everton” va “Napoli” kabi klublarni boshqargan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar