Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident yordamchisi Vladimir Medinsky hamda Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh boshqarmasi rahbari — bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari Igor Kostyukov Jenevada AQSH va Ukraina delegatsiyalari bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari haqida Xavfsizlik kengashi doimiy a’zolarini xabardor qilgan.
“Asosiy masalani muhokama qilishdan avval, yaqinda Jenevada AQSH va Ukraina delegatsiyalari bilan tinch yechim izlash masalasida uchrashuv o‘tkazgan hamkasblarimizdan hisobot berishlarini so‘ragan bo‘lardim”, degan Putin.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kun tartibida muhim va dolzarb masala — mudofaa hamda davlat xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini kuchaytirish choralari borligini ta’kidlagan.
Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichi 17-18-fevral kunlari Jenevada o‘tkazilgan edi. Axios nashri muzokaralar Rossiya vakili Vladimir Medinsky tufayli to‘xtab qolgani haqida yozgandi.








