Daryo

“Ukraina Shahed dronlarining 90 foizini urib tushirmoqda” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti rossiyaliklar har kuni 500 tagacha uzoq masofali dronlar bilan zarba berishini ma’lum qildi. Zelenskiy, shuningdek, mamlakat Shahed’larga qarshi kurash uchun vositalarni mustaqil ishlab chiqarayotganini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish10 015 ko‘rishlar0 izoh5

Ukraina havo mudofaa bo‘linmalari rus armiyasi tomonidan mamlakat shaharlari va energetika infratuzilmasiga uchirilayotgan Shahed dronlarining 90 foizini urib tushirmoqda. Bu haqda prezident Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida ma’lum qildi.

“Har kecha kamida 100 ta Shahed’ga duch kelamiz, ayrim tunlari esa bizga qarshi 400, hatto 500 tagacha dron uchirishadi. Ukraina mudofaachilari ularning qariyb 90 foizini urib tushirmoqda”, degan Zelenskiy.

​Ukrainaliklar yetakchisining ma’lum qilishicha, harbiylar Shahed dronlariga qarshi kurashishda turli usul va texnologiyalardan foydalanyapti. Jarayonda ittifoqchi davlatlar ko‘mak beryapti.
“Hamkorlarimiz bilan birgalikda bu kabi vositalarni tobora ko‘proq ishlab chiqaryapmiz. Kelgusida o‘zimizni yetarli miqdorda ta’minlaydigan darajaga chiqamiz. Shunda Shahed dronlari Rossiya uchun ahamiyatini yo‘qotadi. Ammo bu yerda “hamkorlar” va “birgalikda” so‘zlari eng asosiydir”, degan Zelenskiy.
​Shahed dronlari

Rossiya armiyasi tomonidan Ukraina shaharlari, xususan energetika infratuzilmasiga qarshi qo‘llaniladigan Shahed dronlari 2-2,5 ming km masofaga uchib bora oladi. Ammo ularni ommalashtirigan omil ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi bilan bog‘liq. Mana shunday dronlardan biri taxminan 25-50 ming dollarga tushadi. Holbuki, ularni tutib olish uchun qo‘llaniladigan zenit raketalar bir necha yuz, ba’zan esa million dollarga baholanadi.

Shahed dronlariga qarshi kurash uchun tuzilgan mobil brigada
Foto: Euromaidan Press

Ukraina harbiylari Shahed dronlariga qarshi kurashning bir necha usullarini o‘ylab topgan. Pulemyotlar va tungi ko‘rish vositalari bilan ta’minlangan mobil brigadalar, “tutib oluvchi” dronlar, vertolyotlar va elektron urush tizimlari shular jumlasidan.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar