Daryo

Britaniya gipertovushli qurollarni ishlab chiqishga 500 mln dollar ajratadi

Yangi raketalar muhim nishonlarga zarba berish, kemalarini yo‘q qilish va havo hujumidan mudofaani bostira oladi.

1 daqiqa o‘qish9 736 ko‘rishlar0 izoh3

Buyuk Britaniya joriy yilda gipertovushli va uzoq masofali qurollarni ishlab chiqishga 400 million funt sterling (500 million dollardan ortiq) mablag‘ yo‘naltiradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Buyuk Britaniya Yevropaning asosiy ittifoqchilari bilan yangi yuqori aniqlikdagi va gipertovushli uzoq masofali qurollarni ishlab chiqishdagi hamkorligini kengaytirmoqda. Joriy yilda bu loyihalar uchun xarajatlar 400 million funt sterlingdan oshib ketadi”, deb ta’kidlandi harbiy idora bayonotida.

Britaniya Storm Shadow raketasini ishlab chiqarishga rahbarlik qilish orqali Fransiya va Italiya bilan Stratus raketasini yaratish bo‘yicha qo‘shma dasturni ilgari surmoqda. 

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi yangi raketalar muhim nishonlarga zarba berish, dushman kemalarini yo‘q qilish va dushmanning havo hujumidan mudofaasini bostirishga ega bo‘ladi.

“Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan hamkorlikda uzoq masofali qurollarni yaratish bo‘yicha yangi dasturi ishlanmoqda. Gipertovushli qurollarni ishlab chiqishni tezlashtiradigan qo‘shma tadqiqotlarning yangi bosqichi boshlanadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Deep Precision Strike deb nomlanuvchi yangi tizim 2000 km dan ortiq masofani qamrab oladi va Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan eng ilg‘or tizimlar qatoriga kiradi. U 2030-yilda foydalanishga topshiriladi.

“Uzoq masofali qurollar Buyuk Britaniya va ittifoqchilarimizni himoya qilish hamda NATOning tiyib turish kuchini oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega”, dedi mudofaa Vaziri Jon Xili.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar