Daryo

Ukrainalik skeletonchi bosh kiyimi sabab Olimpiadadan chetlatildi

Sportchiga ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, u taqiqlangan jihozdan foydalanishda davom etgan.

1 daqiqa o‘qish7 136 ko‘rishlar0 izoh1

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ukrainalik skeletonchi Vladislav Geraskevichga Rossiya bosqini oqibatida halok bo‘lgan sportchilar suratlari tushirilgan shlemda Olimpiadada ishtirok etishga ruxsat bermadi va uni musobaqalardan chetlatdi.

Sportchiga ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, u taqiqlangan jihozdan foydalanishda davom etgan. XOQ esa Geraskevich Olimpiya xartiyasini buzganini ma’lum qilgan.

Ukraina Milliy Olimpiya qo‘mitasi Milan va Kortina-d’Ampesso shaharlarida o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilaridan Geraskevichga shlemni ishlatishga ruxsat berishni so‘radi, chunki tashkilot nazarida u to‘liq xavfsizlik talablarga javob beradi va XOQ qoidalarini buzmaydi. Shuningdek, shlem reklama, siyosiy shiorlar yoki diskriminatsion elementlarni o‘z ichiga olmaydi va rasmiy mashg‘ulotlar vaqtida belgilangan standartlarga mosligi tasdiqlangan.

Biroq XOQ rasmiy vakili Mark Adams bosh kiyimga bunday tasvirlar tushirish qoidalarga zid ekanligini ma’lum qildi:

“XOQ sportchilarning ushbu mojaroda halok bo‘lgan do‘stlari xotirasini hurmat qilish istagini tushunadi. U mashg‘ulot vaqtida shuni qilgan va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z his-tuyg‘ularini bildirgan”.

Geraskevich uchun halok bo‘lganlar xotirasiga qora tasma taqishga ruxsat berilgan.

Olimpiya xartiyasida yozilishicha, Olimpiya obyektlari va boshqa musobaqa o‘tkaziladigan joylarda har qanday siyosiy, diniy yoki irqiy targ‘ibot taqiqlanadi.

Shuningdek, Geraskevich Milan Olimpiadasining ochilish marosimida Ukraina bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan, shlem ishlatishga XOQ ruxsat bermaganini aytgan va bu qarorni “yurakni sindiradigan qaror” deb atab, ijtimoiy tarmoq orqali fikrlarini bildirgan.

TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya tomoni Vladislav Geraskevichni Olimpiadadan chetlatish masalasida hech qanday bosim o‘tkazmagan.

“Men bu borada biror so‘zni ham eshitmadim. Rossiya hukumati shlem masalasida bizga hech qanday xabar yuborganiga ishonmayman”, deydi Adams TASSga bergan intervyusida.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar