Daryo

CNN: Tramp Vashingtonda 20 qavatli bino balandligidagi g‘alaba arkini qurmoqchi

Arkning balandligi va kengligi 50 metrdan, poydevori 7,5 metr, tepasidagi ozodlikni ifodalovchi haykal esa 18 metr bo‘ladi.

1 daqiqa o‘qish6 832 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonda dunyodagi eng baland g‘alaba arkini qurishni rejalashtirmoqda. Yodgorlik Arlington xotira maydoni yaqinida quriladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Arkning balandligi va kengligi 50 metrdan, poydevori 7,5 metr, tepasidagi ozodlikni ifodalovchi haykal esa 18 metr bo‘ladi. Uning umumiy balandligi 250 fut (taxminan 76 metr) bo‘lib, AQSH mustaqilligining 250 yilligini aks ettiradi.

Foto: CNN

Yodgorlik Arlington ko‘prigining asosidagi aylanma yo‘l kesishmasida, Arlington qabristoni bilan Linkoln yodgorligi oralig‘ida joylashadi. Texnik jihatdan bu joy Vashington shahri, Kolumbiya okrugiga tegishli. Ammo bunday joylashuv Linkoln yodgorligi bilan Arlington uyi o‘rtasidagi ko‘rinishni sezilarli darajada to‘sib qo‘yadi. Bundan tashqari, u yaqin atrofdagi Reygan nomidagi aeroportga xalaqit berishi mumkin.

Avvalroq Saudiya Arabistonida balandligi 2000 metrni tashkil etuvchi Rise Tower minorasi qurilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi. Bino hozirgi rekordchi - Dubayda joylashgan Burj Xalifa osmono‘paridan ikki barobar baland bo‘ladi. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida sayyohlar va zargarlik sohasi vakillari uchun ilk tilla bilan qoplangan dunyodagi ilk ko‘cha qurilishi rejalashtirilayotgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar