Daryo

Ilon Mask Oy va Marsda shahar quradi

Milliarder Marsda to‘liq shahar barpo etish uchun 20 yildan ortiq, Oyda esa bundan kamroq vaqt ketishini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish4 577 ko‘rishlar0 izoh1

Amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi Oy va Marsda shaharlar qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda milliarderning o‘zi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yaqin o‘n yilliklarda Yerning tabiiy yo‘ldoshi — Oyda aholi punkti barpo etilishi rejalashtirilgan. SpaceX allaqachon Oyda o‘zini o‘zi rivojlantira oladigan shahar qurishga ustuvor e’tibor qaratgan. Kompaniya, taxminan, 5–7 yil ichida Marsda shahar qurilishini boshlamoqchi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Marsga parvozlar faqat ma’lum davrlarda — har 26 oyda bir marta, sayyoralar qulay holatda joylashganda amalga oshiriladi. Bunday parvoz, taxminan, olti oy davom etadi.

Oyga raketa uchirish esa har o‘n kunda bir marta amalga oshirilishi mumkin, parvoz davomiyligi esa, taxminan, ikki sutkani tashkil etadi. Bu esa Oyda shahar qurish jarayonini tezlashtiradi. Mask Marsda to‘liq shahar barpo etish uchun 20 yildan ortiq vaqt talab etilishini ta’kidladi. 

Shu bilan birga, NASA ham so‘nggi 50 yil ichida ilk bor odamlarni Oyga yuborishni rejalashtirmoqda. “Artemida” dasturining maqsadi — astronavtlarni Oyga tushirish va vaqt o‘tishi bilan u yerda uzoq muddatli ishtirokni yo‘lga qo‘yishdir. Ushbu dastur doirasidagi ikkinchi parvoz bir necha bor qoldirilgan bo‘lib, taxminlarga ko‘ra, u 2026-yil mart oyi boshida amalga oshiriladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar