Daryo

Saudiya Arabistonida dunyodagi eng baland bino quriladi

Majmua 678 qavatdan iborat bo‘lib, uning tarkibiga hashamatli mehmonxonalar, yuqori darajadagi restoranlar, atrofni kuzatish uchun mo‘ljallangan panoramali maydonchalar hamda zamonaviy biznes markazlari joylashtiriladi.

1 daqiqa o‘qish16 274 ko‘rishlar0 izoh9

Saudiya Arabistonida balandligi 2000 metrni tashkil etuvchi Rise Tower minorasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bino hozirgi rekordchi - Dubayda joylashgan Burj Xalifa osmono‘paridan ikki barobar baland bo‘ladi, deya xabar bermoqda Time Out Dubai nashri.

Majmua 678 qavatdan iborat bo‘lib, unga hashamatli mehmonxonalar, yuqori darajadagi restoranlar, atrofni kuzatish uchun mo‘ljallangan panoramali maydonchalar hamda zamonaviy biznes markazlari joylashtiriladi.

Foto: Getty Images

Ushbu osmono‘par bino Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning shimoliy qismidagi Vision 2030 dasturining markaziy elementiga aylanishi kutilmoqda.

“Ushbu dastur Saudiya Arabistonining neftga qaramligini kamaytirish, iqtisodiyotini xilma-xillashtirish hamda davlat sog‘liqni saqlash, ta’lim, infratuzilma, dam olish va turizmni rivojlantirishga qaratilgan. U qirollikning sayyohlik jozibadorligini oshirish va shahar infratuzilmasini zamonaviylashtirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Shaharsozlik dasturi doirasida nafaqat ikki kilometrlik minora, balki Saudiya Arabistonining ikkinchi yirik shahri Jiddada bir kilometrlik osmono‘par bino qurilishi ham rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Ar-Riyodning jahon rekordini yangilashga qodir ulkan minora qurish rejalari 2023-yildan beri ishlab chiqilmoqda. Biroq loyiha hali ham loyihalash bosqichida bo‘lgani sababli tantanali ochilish sanasigacha hali ancha vaqt bor.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida sayyohlar va zargarlik sohasi vakillari uchun ilk tilla bilan qoplangan dunyodagi ilk ko‘cha qurilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar