Daryo

Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortdi

Portugaliyalik hujumchi klub ichidagi vaziyatdan norozi.

1 daqiqa o‘qish7 416 ko‘rishlar0 izoh6

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubidagi vaziyatdan norozi va jamoa o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Portugaliyaning A Bola nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu “An-Nassr”ning navbatdagi “Ar-Riyod”ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yubormoqchi.

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) tomonidan olib boriladigan boshqaruvdan norozi. Shuningdek, u “An-Nassr”ga yetarli darajada investitsiya kiritilmayotganidan shikoyat qilmoqda. Ronalduning fikricha, klub rahbariyati “Al-Nassr” manfaatlariga zarar yetkazmoqda, ayniqsa transfer bozorida ancha faol bo‘lgan “Al-Hilol” bilan solishtirganda.

Krishtianu Ronaldu 2023-yildan buyon “An-Nassr” safida to‘p surmoqda. Futbolchining klub bilan tuzilgan shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, “An-Nassr” Saudiya Arabistoni chempionati doirasida 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 43 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Al-Hilol” hisobida esa 18 o‘yindan so‘ng 46 ochko mavjud.

“An-Nassr” navbatdagi uchrashuvini 2-fevral kuni “Ar-Riyod” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Musobaqa to‘purarlar jadvalida Krishtianu Ronaldu 17 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam esa “Al-Ahli” hujumchisi Ayvan Toni bo‘lib, uning hisobida 18 ta gol mavjud.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar