Daryo

Ispaniya terma jamoasi yetakchi JCH–2026 ni o‘tkazib yuborishi mumkin

“Atletik” futbolchisi bel qismidagi muammolar sababli barqaror sport formasiga kira olmayapti. Mazkur holat ortidan uning mundialda ishtirok etishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

1 daqiqa o‘qish6 619 ko‘rishlar0 izoh1

“Atletik” (Bilbao) va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Niko Uilyams bel qismidagi muammolar sababli barqaror sport formasiga kira olmayapti. Bu haqda Football Espana nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum oxirida “Atletik” rahbariyati va futbolchi jarrohlik amaliyotisiz, konservativ davolanish yo‘lini tanlagan.  Sababi klub bunga qadar shunga o‘xshash muammolarga duch kelgan futbolchilar ham operatsiyasiz sog‘ayganiga guvoh bo‘lgan.

Biroq hozirgacha ko‘rilgan choralar kutilgan natijani bermadi. Niko Uilyams tiklanish va profilaktika bo‘yicha maxsus reja asosida bir muddat o‘yinlardan tanaffus oldi va keyin maydonga qaytdi. Futbolchi barcha tibbiy ko‘rsatmalarga amal qilganiga qaramay, beldagi og‘riqlardan to‘liq xalos bo‘la olmadi. Ushbu holat uning 2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida ishtirok etishiga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin.

23 yoshli Niko Uilyams “Atletik” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021-yildan buyon asosiy jamoa safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt davomida basklar klubi tarkibida 189 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol va 35 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 2024-yilda Uilyams “Atletik” bilan birga Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Ayni vaqtda ushbu klubda uning akasi Inyaki Uilyams bilan birga o‘ynaydi. Aka-uka Uilyamslar 1986-yildan buyon “Atletik” safida birga to‘p surgan ilk aka-uka futbolchilar sifatida tarixga kirgan.

Niko Uilyams 2024-yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan. Turnir davomida u oltita uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Umuman olganda, futbolchi milliy jamoa safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar