Daryo

Rasman. Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

29 yoshli o‘zbekistonlik professional bokschi AQSHning Las Vegas shahrida ringga ko‘tariladi.

1 daqiqa o‘qish7 233 ko‘rishlar0 izoh2

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir “Bek Bully” Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi tafsilotlari e’lon qilindi.

Bektemir Meliqo‘ziyev 2026-yilning 22-fevral kuni tongda AQSHning Las Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomining asosiy kardida ringga chiqadi. Ushbu jangda unga Gana vakili Sena Agbeko (20–4) raqib bo‘ladi.

Oqshomning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios va sobiq Jahon chempioni Rayan Garsiya o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bektemir Meliqo‘ziyev so‘nggi bor 2025-yilning 25-may kuni WBA Eliminator kamari uchun amerikalik Daryus Fulghemga qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raundlik jang to‘liq davom etgan va unda Bektemir Meliqo‘ziyev ochkolar hisobiga ko‘ra (114-112, 114-112, 114-112) evaziga g‘alaba qozondi.

Ayni paytda Bektemir Meliqo‘ziyev WBA yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. Biroq tashkilot hozircha uning WBA Super chempionlik kamari sohibi Armando Resendizga qarshi jangiga rasmiy buyruq bermagan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Meliqo‘ziyev professional faoliyati davomida hozirga qadar 17 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan. U 10 ta jangda raqiblarini muddatidan avval yenggan. 33 yoshli Sena Agbeko hisobida esa 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat mavjud.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar