Daryo

“Milan” “Latsio” himoyachisini sotib olsa, “Real” 10 mln yevro foyda ko‘radi

Mario Hila 2022-yil yozida Madridning “Real” klubi yoshlar jamoasidan “Latsio” safiga 6 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Kelishuvga binoan “qirollik klubi” futbolchining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foizini oladi.

1 daqiqa o‘qish2 894 ko‘rishlar0 izoh0

Rimning “Latsio” klubi markaziy himoyachisi Mario Hila jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Sempreinter nashrining xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga Italiyaning “Milan” klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbada qayd etilishicha, “rossonerilar” ispaniyalik himoyachi uchun 20 million yevro to‘lashga tayyor. Milan klubi ushbu xaridni yozgi transfer oynasi vaqtida amalga oshirmoqchi. Chunki o‘sha paytda futbolchining “Latsio” bilan amaldagi shartnomasiga bir yil qoladi. Bu holatda rimliklar Marioni arzon narxda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Mario Hila 2022-yil yozida Madridning “Real” klubi yoshlar jamoasidan “Latsio” safiga 6 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvga binoan “qirollik klubi” futbolchining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foizini oladi. Shu bois, agar “Milan” va “Latsio” o‘rtasidagi bitim amalga oshsa, Madridning “Real” klubi 10 million yevro daromad oladi.

Ma’lumot uchun, Mario Hila joriy mavsum “Latsio” safida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning rimliklar bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar