Daryo

“Manchester Yunayted” “Chelsi” hujumchisini sotib olmoqchi — The Independent

Liam Delap ishonchsizlik sabab “aristokratlar” safida faoliyatini davom ettirish niyatida emas.

1 daqiqa o‘qish3 016 ko‘rishlar0 izoh1

“Manchester Yunayted” klubi “Chelsi” hujumchisi Liam Delap bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli hujumchi “aristokratlar” safida faoliyatini davom ettirish qaroridan afsusda. Bunga sabab — “Chelsi”ning tarkibni muntazam ravishda yangi hujumchilar bilan kuchaytirib borayotgani. “Manchester Yunayted” rahbariyati esa Delap jamoaning o‘yin uslubiga mos keladi, deb hisoblamoqda.

Futbolchi o‘tgan yozda “Ipsvich” klubidan London jamoasi safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Joriy mavsumda ingliz futbolchisi barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Liam Delapning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Hozirda “aristokratlar” APL joriy mavsumida 34 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. “Manchester Yunayted” esa 35 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar