Daryo

Xitoylik olimlar ko‘z to‘r pardasida jarrohlik amaliyotlarini bajara oladigan robot ishlab chiqdi

Ushbu texnologiya chekka hududlarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkonini beradi.

1 daqiqa o‘qish11 502 ko‘rishlar0 izoh3

Xitoylik olimlar ko‘zning o‘ta nozik qismlarida yuqori aniqlik bilan inyeksiyalar bajarishga qodir avtonom robot tizimini ishlab chiqdi. Ushbu innovatsion robot to‘r parda kasalliklarini xavfsiz davolash imkonini beradi va murakkab jarrohlik amaliyotlarini hatto malakali mutaxassislar yetishmaydigan chekka hududlarda ham bajarishni osonlashtiradi, deya xabar berdi China Daily.

Robot hayvonlar ustida o‘tkazilgan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va tomir ichidagi hamda subretinal inyeksiyalarda 100 foiz samaradorlikni ko‘rsatdi. Ushbu tizim uch o‘lchovli fazoviy qabul qilish va trayektoriya nazorati algoritmlaridan foydalangan bo‘lib, natijada jarrohlar qo‘lda bajaradigan operatsiyalar bilan solishtirganda pozitsiyalash xatosini deyarli 80 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: China Daily

Yangi robot aniq joylashishni ta’minlash va harakat yo‘nalishini boshqarish uchun murakkab algoritmlar to‘plamidan foydalanadi. Ishlab chiquvchilar ta’kidlaganidek, avtonom tizimlar joriy etilgach, to‘r parda kasalliklarini davolash xavfsizligi sezilarli darajada oshadi.

Shu bilan birga, ushbu texnologiya chekka hududlarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkonini beradi, bu esa tibbiyot resurslari yetishmovchiligi muammosini qisman bartaraf etadi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar