Daryo

Sadio Mane navbatdagi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etmaydi

33 yoshli futbolchi Senegal terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish3 764 ko‘rishlar0 izoh1

Senegal terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Sadio Mane Afrika Millatlar Kubogida endi maydonga tushmasligini ma’lum qildi. 2026-yilgi turnir finalida senegalliklar Marokashni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu g‘alaba orqali Mane Afrika Millatlar Kubogini ikki bor qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi.

“Bu Afrika Millatlar Kubogidagi mening so‘nggi raqsim, afsuski. Biroq men har doim Senegalni qo‘llab-quvvatlaydigan 12-futbolchi bo‘lib qolaman”, — deydi Mane.

Ma’lumot uchun, Afrika Millatlar Kubogining navbatdagi turniri 2027-yilning avgust oyida Keniya, Tanzaniya va Uganda davlatlarida bo‘lib o‘tadi.

Sadio Mane Angliyaning “Liverpul” klubi safidagi o‘yinlari orqali keng tanilgan. U ushbu jamoa bilan Angliya chempioni bo‘lgan va UEFA Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.

33 yoshli Mane faoliyati davomida 614 ta uchrashuvda maydonga tushib, 249 ta gol va 126 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Senegal terma jamoasi safida esa 124 ta o‘yinda 52 ta gol va 28 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Transfermarkt portali Manening bozor qiymatini 7 million yevroga baholagan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar