Daryo

Rasman. Antuan Semenyo — “Manchester Siti” futbolchisi

“Shaharliklar” ganalik vingerni 75 mln yevro evaziga sotib oldi. Bu orqali Semenyo “Bornmut” tarixidagi eng qimmat sotilgan futbolchiga aylandi.

1 daqiqa o‘qish4 091 ko‘rishlar0 izoh1

“Manchester Siti” “Bornmut” vingeri Antuan Semenyo transferini rasman e’lon qildi. “Shaharliklar” ganalik futbolchini 75 million yevro (65 million funt) evaziga sotib olgan.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” ushbu summani uch yil davomida to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu orqali Semenyo “Bornmut” tarixidagi eng qimmat sotilgan futbolchiga aylandi. Futbolchi “shaharliklar” bilan 2031-yilga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan.

Xabarlarga ko‘ra, Semenyo “Manchester Siti”ga o‘tish uchun Angliya Premyer Ligasining to‘rt klubidan tushgan taklifni rad etgan. Transferda futbolchining ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola qo‘l ostida ishlash istagi hal qiluvchi omil bo‘lgan. Futbolchiga Angliyaning boshqa jamoalari ham, jumladan, “Tottenhem”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo yakunda “Manchester Siti” futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Joriy mavsum 25 yoshli Antuan Semenyo APL doirasida jami 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar