Daryo

Tramp AQSH Grenlandiya ustidan nazorat qilishi kerakligini aytdi

U Venesuela prezidentini qoʻlga olinishi haqida gapirar ekan, boshqa davlatlar ham Amerika aralashuviga duchor boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan.

1 daqiqa o‘qish6 725 ko‘rishlar0 izoh2

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti qoʻlga olinishi haqida gapirar ekan, boshqa davlatlar ham Amerika aralashuviga duchor boʻlishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qoʻshma Shtatlar prezidenti Daniya tarkibiga kiruvchi Grenlandiya ustidan ham nazorat kerakligini taʼkidlagan. U boshqa mamlakatlar ham bunday aralashuvga uchrashi mumkinligini gapirgan.

Tramp shanba kuni AQSH kuchlari Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro va uning rafiqasi qoʻlga olganidan keyin ushbu davlat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesga u toʻgʻri ish tutmasa, ehtimol, Madurodan ham kattaroq “badal” toʻlashi mumkinligini bildirgan.

Tramp Maduroni kuch bilan qoʻlga olish haqidagi qarorini himoya qilib, shunday degan: “Bilasizmi, bu — qayta qurish yoki rejimni oʻzgartirishmi — nima deyishni xohlasangiz shunday, bundan battari boʻlmaydi”.​​

Venesuela prezidenti AQSH Giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasining Nyu Yorkdagi shtab-kvartirasiga olib kelingan. U jiddiy ayblovlar, jumladan, narkoterrorchilikda ayblanmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar