AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelani “halok bo‘lgan” mamlakat deb atab, uning normal faoliyatini ta’minlash uchun AQSH uni vaqtincha boshqarishini ma’lum qildi. Bu haqda u matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Biroq amerikalik siyosatchi bu jamoaga aynan kimlar kirishini oshkor qilmagan. Aksincha, Venesuelani yana buyuk qilishga va’da bergan.“Biz jamoa bilan birgalikda mamlakatni boshqarishni rejalashtirmoqdamiz va bu boshqaruv tegishli tarzda bo‘lishini ta’minlaymiz. Biz Venesuelani hokimiyatning xavfsiz, to‘g‘ri va oqilona o‘tishini amalga oshira oladigan payt kelgunga qadar boshqaramiz”, deya ta’kidlagan Tramp.
Bundan tashqari, Tramp AQSHning eng yirik neft kompaniyalari Venesuelaga milliardlab dollar sarmoya kiritayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lotin Amerikasi respublikasining neft sanoati uzoq vaqt davomida inqirozga uchragan va qazib olish darajasi mumkin bo‘lgan darajadan ancha past bo‘lgan.“Biz Venesuelani yana buyuk davlatga aylanishi zarur deb hisoblaymiz. Hammasi juda oddiy”, deya ta’kidladi AQSH prezidenti.
3-yanvar kuni AQSH Qurolli kuchlari Venesuela poytaxti va Karakas atrofidagi harbiy obyektlarga ketma-ket zarbalar berdi. Prezident Donald Tramp Janubiy Amerika respublikasi rahbari Nikolas Maduroni qo‘lga olganini e’lon qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Karakasda kamida 11 ta harbiy va fuqarolik obyektiga, jumladan, harbiy bazalar, aeroportlar, mamlakat parlamenti binosi, shuningdek, Ugo Chaves maqbarasiga hujum uyushtirilgan.








