Daryo

Venesuela Braziliya bilan chegarani yopdi — OAV

Braziliya armiyasidagi manbalariga ko‘ra, chegaraning yopilishi AQSH tomonidan qilingan hujum tufayli Venesuela tomonida yuz bergan.

1 daqiqa o‘qish9 914 ko‘rishlar0 izoh2

Venesuela Braziliya bilan chegarani yopdi. Bu haqda O Globo gazetasi Braziliya politsiyasiga asoslanib, xabar bermoqda.

“Shanba kuni ertalab Rorayma shtatining Pakarayma hududida Braziliya va Venesuela o‘rtasidagi chegara yopildi”, deyiladi xabarda.

​Nashrning Braziliya armiyasidagi manbalariga ko‘ra, chegaraning yopilishi AQSH tomonidan qilingan hujum tufayli Venesuela tomonida yuz bergan.

Braziliya tomonidan yuqori lavozimli zobit jurnalistlarga Braziliya tomoni chegarani yopish uchun hech qanday harakat qilmaganini, u “odatdagi tartibda ishlayotganini” ma’lum qilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp ilgari AQSH kuchlari 3-yanvar kuni Venesuelaga zarba berganini tasdiqladi. Shuningdek, u mamlakat rahbari Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga Delta maxsus bo‘linmasi jangchilari tomonidan qo‘lga olinib, Venesueladan olib chiqib ketilganini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Karakasda kamida 11 ta harbiy va fuqarolik obyektiga, jumladan, harbiy bazalar, aeroportlar, mamlakat parlamenti binosi, shuningdek, Ugo Chaves maqbarasiga hujum uyushtirilgan.

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Marko Rubio prezident Nikolas Maduro hibsga olinganidan so‘ng Vashingtonning Venesuelaga nisbatan keyingi harakatlari kutilmayotganini bildirdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar