Daryo

Entoni Joshua Nigeriyada YTHga uchradi (video)

Mazkur hodisa oqibatida Joshua o‘tirgan avtomobil haydovchisi va bir yo‘lovchi halok bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish7 457 ko‘rishlar0 izoh2

Mashhur britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil jarohat oldi. Mazkur YTH ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail nashri mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.

Hodisa Lagos—Ibadan avtomagistralida yuz bergan. Ichida bokschi bo‘lgan Lexus rusumli avtomobil yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Joshua avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan. Internet tarmoqlarida voqea joyidan olingan videolar tarqaldi. Ularda sportchi gangib qolgan, og‘riq sezayotgandek ko‘ringan va unga mashinadan chiqishga yordam berilayotganini ko‘rish mumkin. Xabar qilinishicha, bokschi yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail
Foto: Daily Mail

Ma’lumot uchun, Joshua 1989-yil 15-oktyabr kuni Angliyaning Uotford shahrida nigeriyaliklar oilasida tug‘ilgan.

Avvalroq, professional boksning super og‘ir vazn toifasi vakili hisoblangan 36 yoshli Joshua AQSHning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan boks jangida bloger Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang davomida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari sobiq chempioni raqibiga umuman imkoniyat qoldirmadi va 6-raundda uni nokautga uchratdi.

36 yoshli Joshua professional ringda 29 ta g'alabaga erishgan (26 ta nokaut) va to'rt marta mag'lubiyatga uchragan. 28 yoshli Jeyk Pol esa prof boksda 12 ta g'alabaga erishgan va ikki marta mag'lub bo‘lgan.

Daily Mail nashri xabariga ko’ra Jeyk Pol va Entoni Joshua o'rtasidagi jang uchun mukofot puli 184 million dollarni tashkil etgan va bokschilar o'rtasida teng taqsimlangan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar