Daryo

Xitoyda tezyurar yo‘ldagi eng uzun tunnel ishga tushirildi

Ushbu tunnel Tyanshan tog‘larining ushbu qismidan o‘tish vaqtini bir necha soatdan, taxminan, 20 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi.

1 daqiqa o‘qish12 371 ko‘rishlar0 izoh3

Xitoyda uzunligi 22,13 km bo‘lgan Tyanshan—Shenli tunneli dunyodagi tezyurar yo‘llardagi eng uzun tunnel sifatida transport harakati uchun rasman ochildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi (SHUAR, Shimoli-G‘arbiy Xitoy) Tyanshan tog‘larining markaziy qismidan o‘tuvchi tunnel Tyanshan tog‘larining ushbu qismidan o‘tish vaqtini bir necha soatdan taxminan 20 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, shu kuni G0711 Urumchi-Yuli tezyurar avtomagistrali to‘liq ishga tushirilgan. Uning bir qismi yuqorida ko‘rsatilgan tunnel hisoblanadi. Magistral SHUARning shimoli va janubidagi shahar klasterlarini bog‘laydi.

Uzunligi 2500 km bo‘lgan Tyanshan tog‘lari markaziy Shinjon bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, Shinjon shimolidagi eng yirik shahar Urumchini mintaqaning janubidagi eng yirik shahar Korladan ajratib turadi. Tezyurar avtomagistral ochilgandan so‘ng, bu ikki yirik shahar o‘rtasidagi sayohat vaqti 7 soatdan taxminan 3 soatgacha qisqargan. Bu esa Shinjonning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyaga va tashqi aloqalar uchun yangi yo‘llar yaratilishiga yordam beradi.

Besh yil ichida qurilgan tezyurar avtomobil yo‘lining uzunligi 324,7 km bo‘lib, uning qurilishiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 46,7 milliard yuanni (taxminan 6,63 milliard AQSH dollari) tashkil etdi.

Tunnel qurilishi uning g‘ayrioddiy o‘lchamlari tufayli global miqyosdagi muammolar bilan kechgan. Tunnelning uzunligi 22,13 km, maksimal chuqurligi 1112,2 metr bo‘lib, 16 ta geologik yoriqlar zonasini kesib o‘tadi va qurilishda - yuqori geologik bosim, yuqori seysmik faollik, qat’iy ekologik talablar, juda sovuq iqlim va dengiz sathidan balandlik kabi beshta asosiy qiyinchilikka duch kelingan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar