Daryo

Rossiya Turkiyaga AES qurish uchun 9 milliard dollar ajratdi

Ikki davlat o‘rtasida “Akkuyu” atom elektr stansiya qurilishi uchun 2010-yilda shartnoma imzolangan edi.

1 daqiqa o‘qish8 335 ko‘rishlar0 izoh3

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar Rossiya tomonidan “Akkuyu” atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi uchun 9 milliard dollar miqdorida moliyalashtirish ajratilganini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Sabah xabar berdi.

“Akkuyu” AES Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan Mersin provinsiyasida barpo etilmoqda. Mazkur loyiha 2010-yilda imzolangan 20 milliard dollarlik kelishuv asosida amalga oshirilmoqda. Garchi stansiya 2025-yilda ishga tushirilishi kutilgan bo‘lsa-da, ayrim sabablarga ko‘ra muddat kechiktirildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan ajratilgan yangi mablag‘lar asosan 2026–2027-yillarda o‘zlashtiriladi.

“Bu mablag‘larning kamida 4-5 milliard dollari 2026-yilgi tashqi moliyalashtirish ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladi. Biz stansiyaning 2026-yilda ishga tushishini kutmoqdamiz”, dedi Bayraktar Istanbuldagi brifingda.

Yangi yadroviy loyihalar va xalqaro hamkorlik

Turkiya faqat “Akkuyu” bilan cheklanib qolmoqchi emas. Hozirda Sinop provinsiyasi va Frakiya mintaqasida yangi atom loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va AQSH bilan muzokaralar olib borilmoqda. Vazirning ta’kidlashicha, Anqara ushbu loyihalar uchun “eng raqobatbardosh taklifni” tanlash niyatida. Turkiya 2035-yilga borib 7,2 gigavat, 2050-yilga borib esa 20 gigavat yadro quvvatiga erishishni maqsad qilgan. U uchta an’anaviy atom elektr stansiyasini qurish va ularni kichik modulli reaktorlar (SMR) bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.​

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar