Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 19-dekabr kuni ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida yangragan asosiy masalar quyidagilar:
- Biz Ukrainadagi saylovlar xavfsizligini ta’minlash, jumladan, hech bo‘lmaganda mamlakat ichkarisiga zarba bermaslik masalasini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Ukrainada hokimiyat qonuniy bo‘lishi kerak va saylovlarsiz buning iloji yo‘q.
- Moskva Rossiya hududida yashovchi ukrainaliklarga mamlakat hududida ovoz berish imkoniyati berilishini talab qiladi.
- Odamlarning o‘limi uchun o‘zimizni javobgar deb hisoblamaymiz. Lekin bu urushni biz boshlaganimiz yo‘q.
- Rossiyaliklar urushga 83 milliard rubl xayriya qilgan.
- AQSHning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya dushman sifatida tilga olinmagan.
- NATO bosh kotibi Mark Ryutte biz bilan urushga tayyorlanmoqda.
- Biz Yevropaga hujum qilamizmi? Bu quruq safsata.
- Rossiyaning aktivlari musodara qilinsa, mamlakat o‘zini sudlarda, siyosiy qarorlarga bog‘liq bo‘lmagan yurisdiksiyada himoya qiladi. Yevropa ertami-kechmi Rossiyadan o‘g‘irlagan aktivlarini qaytarishga majbur bo‘ladi.
- Agar Rossiya va Yevropa davlatlari kuchlarini birlashtirsa, bizning qo‘shma yalpi ichki mahsulotimiz AQSHnikidan yuqori bo‘lardi.
- Biz Buyuk Britaniya, Yevropa va AQSH bilan hamkorlikka tayyormiz. Lekin teng huquqli bo‘lish va bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish sharti bilan.








