Daryo

“Qirgʻiziston tashqi qarzini bir kunda toʻlashi mumkin” — Sadir Japarov

Mamlakatning umumiy davlat qarzi 8,6 mlrd dollarni tashkil etadi. Shundan qariyb 5,2 mlrd dollari tashqi qarzlarga to‘g‘ri keladi.

1 daqiqa o‘qish15 291 ko‘rishlar0 izoh4

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat tashqi qarzini bir kunda toʻlashi mumkinligini aytdi. Bu haqda prezident nutqiga tayanib 24.kg xabar berdi.

Japarov mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sib borayotgani, tashqi qarz hajmi esa sezilarli darajada kamayganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, 2020-yilda tashqi qarz yalpi ichki mahsulotning 54 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich, taxminan, 25 foiz.

“Iqtisodiyot uchun hech qanday xavf yo‘q. Biz tashqi qarzni bir kunda to‘lashimiz mumkin, lekin bu manfaatli emas — foizlar yuqori bo‘ladi, jarimalar nazarda tutilgan. 2035-yilga borib biz ilgari olingan kreditlar bilan muammosiz hisob-kitob qilamiz”, dedi Sadir Japarov.

​Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxiralari 8,5 milliard dollardan oshadi, besh yil oldin ular 2 milliard dollardan sal ko‘proq edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning umumiy davlat qarzi 8,6 milliard dollarni tashkil etadi, shundan qariyb 5,2 milliard dollari tashqi qarzlarga to‘g‘ri keladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar