Daryo

“Abbos Ronalduga qarshi. Ular uddalay olishadi” — rossiyalik sharhlovchi

Rossiyalik teleboshlovchi va sport sharhlovchisi Denis Kazanskiy 2026-yilgi Jahon chempionati qur’a natijalari haqida fikr bildirdi.

1 daqiqa o‘qish11 792 ko‘rishlar1 izoh9

Rossiyalik teleboshlovchi va sport sharhlovchisi Denis Kazanskiy 2026-yilgi Jahon chempionati qur’a natijalari haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Championat.com” nashri xabar berdi.

“Qiziq guruhlar deyarli yo‘q. Hammasi formatning cho‘zilib ketgani tufayli. Balki Marokash, Braziliya va Shotlandiya biroz qiziqroqdir. Yana Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama tirosi ham yomon emas. O‘zbekiston uchun esa chin dildan xursandman. Abbos vs Krishtianu. Ular uddalay oladi!”, deb yozdi Kazanskiy o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi. Bu mundial tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan turnir sifatida tarixga kiradi. Jamoalar 12 ta guruhga, har birida to‘rttadan terma jamoa bo‘lgan holda taqsimlandi. Hozircha 42 ta terma jamoa turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan, yana oltita ishtirokchi esa 2026-yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlari orqali aniqlanadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “K” guruhidan joy oldi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoaga Portugaliya, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off g‘olibi (Kongo – Yamayka/Yangi Kaledoniya) raqiblik qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar