Daryo

Uch yoshli hindistonlik bola eng yosh FIDE Rapid reytingli shaxmatchi sifatida tarixga kirdi

U ilk bor RCC Rapid Rated Cup musobaqasida ishtirok etib, 1542 reyting ochkosiga ega raqibini mag‘lub etgan.

1 daqiqa o‘qish4 218 ko‘rishlar0 izoh3

Hindistonning Madhya Pradesh shtati, Sagar shahrida yashovchi Sarvagya Singh Kushvaha atigi 3 yosh 7 oy 13 kunligida tarixdagi eng yosh FIDE Rapid reytingli shaxmatchi bo‘ldi. U 1572 reyting ochkosi bilan 2025-yil dekabr oyida e’lon qilingan FIDE rapid ro‘yxatiga kiritildi.

Sarvagya sentyabr oyida 24-bor tashkil etilgan RCC Rapid Rated Cup musobaqasida ilk bor ishtirok etib, 1542 reyting ochkosiga ega raqibini mag‘lub etgan. Oktyabrda esa Madhya Pradeshning Handva shahridagi Shri Dadaji Dhunivale Rapid Rating Open turnirida yana bir kuchli shaxmatchini yengdi (1559 reyting ochko).

Noyabr oyida u Chindvara va Indore shaharlarida bo‘lib o‘tgan ikkita rapid turnirida ishtirok etib, 1542 reyting oshkosi bori raqibini ikkinchi marta mag‘lub etdi. Singh navbatdagi bahsda 1696 reytingli shaxmatchiga qarshi dona surib, unga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Natijada, Sarvagya o‘zining ilk rasmiy rapid reytingini qo‘lga kiritdi.

“Farzandimizning FIDE reytingiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchi bo‘lgani biz uchun katta faxr va sharaf. Biz kelajakda uning grossmeyster bo‘lishini xohlaymiz”, dedi Kushvahaning otasi Siddhart Singh.

Ma’lumot uchun, avvalgi rekord o‘tgan yili 3 yosh 8 oy va 19 kunligida ushbu natijaga erishgan Anish Sarkarga nasib etgan edi. Endi esa mazkur natija yana bir 3 yoshli hindistonlik iste’dod tomonidan yangilandi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar