Daryo

Kaliforniyada tugʻilgan kundagi otishmada bolalar halok boʻldi (video)

Taxminan, 14 kishiga oʻq uzilgan, hujum qilgan shaxs esa hali ham qoʻlga olinmagan.

1 daqiqa o‘qish1 926 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Kaliforniya shtatida bolaning tug‘ilgan kunida sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 29-noyabr kuni Stokton shahrida yuz bergan, otishmada o‘n kishi yaralangan. Hujum qilgan shaxs esa hali ham qo‘lga olinmagan.

“Taxminan 14 kishiga o‘q uzilgani va to‘rt nafar qurbonning vafot etgani tasdiqlandi”, deya xabar berdi San-Xoakin okrugi sherifi idorasi.

​

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu “maqsadli hujum” sifatida baholanmoqda, qurbonlar orasid bolalar ham bor, biroq tafsilotlar cheklangan. Politsiya hozircha hujum qilgan shaxsning kimligini oshkor qilmagan, hujum motivi ham noma’lum. Rasmiylar jarohatlanganlarning ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi. Bir nechta odam kasalxonaga olib ketilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar