Daryo

Oq uy yaqinida Afg‘oniston fuqarosi otishma sodir etdi (video)

Hodisada Milliy gvardiyaning ikki nafar harbiysi og‘ir yaralangan. Tramp otishma sodir etgan shaxsni “juda yuqori tovon to‘laydigan” “hayvon” deb atadi.

1 daqiqa o‘qish5 638 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Vashington shtatidagi Oq uy yaqinida 26-noyabr kuni otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda Milliy gvardiyaning ikki nafar harbiy xizmatchisi yaralandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Otishma sodir etgan shaxs o‘q jarohatlari olgach, qo‘lga olingan. Gumonlanuvchi 29 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Rahmonulla Lakanval ekani aniqlangan. Hozirda hujum terrorchilik harakati sifatida tergov qilinmoqda. Lakanval 2021-yilda AQSHga afg‘onlar uchun maxsus viza dasturi doirasida kelgan. Ammo uning viza muddati tugagan va mamlakatda noqonuniy yashab kelgan.

Hujum sodir bo‘lgan paytda prezident Donald Tramp Floridada bo‘lgan. Shu sababli Oq uy darhol yopilgan va bir nechta federal hamda shahar huquq-tartibot organlari hududga safarbar qilingan.

  • Otishma tafsilotlari

Milliy gvardiyaning ikki nafar harbiysi soat 14:15 lar atrofida Oq uydan bir necha kvartal narida “kuchaytirilgan patrul” vazifasini bajarayotgan bo‘lgan. Gumonlanuvchi burchak ortidan chiqib, ularni kutilmaganda nishonga olgan. Otishmadan so‘ng Milliy gvardiyaning boshqa xizmatchilari Afg’oniston fuqarosini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Yaralangan ikki nafar harbiyning ahvoli esa og‘ir, ular mahalliy shifoxonalarda qolmoqda.

“Bu maqsadli hujum”, dedi Vashington meri Myuriyel Bauze.

​

Rasmiylarga ko‘ra, mergan yolg‘iz o‘zi harakat qilgan. Tramp otishma sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsni “juda yuqori narx to‘laydigan” “hayvon” deb atagan va Milliy gvardiyani maqtagan. Shuningdek, u Vashingtonga qo‘shimcha yana 500 nafar gvardiyachi yuborishni buyurgan. Natijada shaharda joylashtirilgan Milliy gvardiya askarlari soni 2 200 nafarga yetadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar