Daryo

Ronaldu AQSH prezidenti Donald Tramp haqida gapirdi

“Janob prezident, meni va bo‘lg‘usi rafiqam Jorjinani taklif qilganingiz va qabul qilganingiz uchun rahmat aytmoqchiman”, deydi portugaliyalik hujumchi.

1 daqiqa o‘qish1 984 ko‘rishlar0 izoh2

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Aln-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Trampga Oq uydagi samimiy qabul uchun minnatdorligini bildirdi.

“Janob prezident, meni va bo‘lg‘usi rafiqam Jorjinani taklif qilganingiz va qabul qilganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Har bir inson jamiyatga o‘z hissasini qo‘sha oladi va men bunga tayyorman. Ayniqsa, men yosh avlodni jasoratli bo‘lishga, mas’uliyatni his qilishga hamdatinchlik asosida kelajak qurishga ilhomlantirmoqchiman”, deya yozdi Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, futbolchi 2017-yildan beri ilk marta AQSHga keldi. Bu vaqtga qadar unga nisbatan 2009-yilda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan amerikalik Ketrin Majorji tomonidan ayblovlar qo‘yilgan edi. O‘shanda ayol portugaliyalik hujumchini jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan, biroq 2019-yilda mahalliy prokuratura Ronalduga nisbatan ayblovlarni asossiz deb topdi, 2023-yilda esa futbolchi qayta berilgan da’vo asosida oqlangan.

Avvalroq xabar berilganidek, Ronaldu Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tashrifi munosabati bilan Oq uyda tashkil etilgan tantanali kechki ovqatning maxsus mehmonlaridan biri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023-yildan beri Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasi sharafini himoya qilib keladi. Bungacha u “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida to‘p surgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar