Daryo

AQSH va Rossiya asirlar almashinuvini muhokama qildi

Putinning maxsus vakili Vashingtonga tashrif buyurib, gumanitar xususiyatga ega bo‘lgan ayrim masalalar bo‘yicha muzokara olib borgani aytilmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 102 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya va AQSH navbatdagi asirlar almashinuvini o‘tkazish haqida muhokama o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Putinning maxsus vakili Kiril Dmitriyev 18-noyabr kuni e’lon qilingan Axios nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dmitriyev AQSH rasmiylari va Donald Tramp ma’muriyati a’zolari bilan gumanitar xususiyatga ega bo‘lgan ayrim masalalar, jumladan, Vashington ustida ishlayotgan ehtimoliy asirlar almashinuvi borasida uchrashgan.

AQSH rasmiy vakili ham Dmitriyevning bu bayonotini tasdiqlagan, xususan Amerika tomoni almashinuvga tayyor ekanligini bildirgan. Ammo Axios’ga ko‘ra, yaqin orada hech qanday kelishuv kutilmayapti. Axios’ning manbalarga tayanib xabar berishicha, Kiril Dmitriyev so‘nggi almashinuv g‘oyasini AQSH maxsus vakili Stiv Uitkof va ma’muriyatning boshqa rasmiylari bilan muhokama qilgan.

Moskva Vashington bilan yangi mahbuslar almashinuvi xayrixohlik ko‘rsatishiga va mamlakatlar o‘rtasida yanada ko‘proq ishonch tug‘dirishiga umid qilmoqda. Biroq, Dmitriyev ham, AQSH rasmiysi ham bu safargi almashinuvda qaysi mahbuslar qaytarilishini ochiqlamayapti. Oq uy bu xabarga izoh berishdan bosh tortmoqda.

Avvalgi almashinuvlar

Tramp ma’muriyati 2025-yil boshida Rossiyada hibsda bo‘lgan amerikalik maktab o‘qituvchisi va Moskvadagi AQSH elchixonasining sobiq xodimi Mark Fogel hamda rossiyalik-amerikalik balerina Kseniya Karelinaning ozod etilishini ta’minlagan edi.

AQSH va Rossiya 2024-yil avgust oyida Sovuq urushdan keyingi eng yirik mahbuslar almashinuvini amalga oshirgandi. O‘shanda amerikalik jurnalist Evan Gershkovich va Qo‘shma Shtatlar sobiq dengiz piyodasi Pol Uilan kabi 24 nafar mahbus ozodlikka chiqarilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar