Daryo

O‘zbekiston Superligasida ilk bor bir uchrashuvda 4 nafar ayol hakam ishlaydi

“Bu — ayol hakamlarimizning Superligadagi faol ishtiroki va ularning professional o‘sish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadami sanaladi”, deyiladi O‘zFHM bayonotida.

1 daqiqa o‘qish1 917 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasining 28-turidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlarda ayol hakamlar ishtirok etdi. Jumladan, tajribali hakam Kristina Sereda “OKMK” – “Navbahor” uchrashuvida, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhammedova esa “Nasaf” – “Mash’al” o‘yinida AVAR hakami sifatida vazifasini bajardi.

Bugun, 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Surxon” hamda “Sho‘rtan” o‘rtasidagi bellashuvda esa to‘rt nafar ayol hakam faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston futbol hakamlar markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu holat 2025-yilgi mavsumda ilk marta yuz bergan.

Mazkur uchrashuvda Kristina Sereda va Zilola Rahmatova yordamchi hakam, Gulshoda Saitqulova zaxira hakami, Dildora Rustamova esa AVAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.

“Surxon” — “Shoʻrtan” bahsi rasmiylari:

Bosh hakam: Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Kristina Sereda, Zilola Rahmatova
Zaxira hakami: Gulshoda Saitqulova
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
VAR hakami: Toʻrabek Suyunov
AVAR hakami: Dildora Rustamova
Komissar: Oybek Davletmurodov

“Bu — ayol hakamlarimizning Superligadagi faol ishtiroki va ularning professional o‘sish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadami sanaladi”, deyiladi O‘zFHM bayonotida.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar