Daryo

Turkiya chempionati. Eldor Shomurodovning goli “Bashakshehir”ga 3 ochko taqdim etdi (video)

O‘zbekistonlik futbolchi o‘yin yakuni arafasida penaltini aniq amalga oshirdi.

1 daqiqa o‘qish1 740 ko‘rishlar0 izoh3

Turkiya Superligasi 11-turidan o‘rin olgan “Bashakshehir” hamda “Kojaelispor” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Istanbuldagi “Fotih Terim” stadionida kechgan bellashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 90+1-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan kiritildi. O‘zbekistonlik futbolchi hakam tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi.

Mazkur natijadan keyin Nuri Shahin boshchiligidagi “Bashakshehir” jamoasi hisobidagi ochkolar soni 13 taga yetdi. Istanbul klubi hozirda Turkiya Superligasi turnir jadvalida 9-pog‘onani egallab turibdi. Mag‘lubiyatga uchragan “Kojaelispor” klubi esa 11 ochko bilan 11-o‘rindan joy olgan.



Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi. “Bashakshehir” safidagi ikkinchi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev esa jarohat sabab qaydnomaga kiritilmadi.

Turkiya Superligasi
11-tur

“Bashakshehir” — “Kojaelispor” 1:0
Gol:
1:0 — Eldor Shomurodov (penalti, 90+1)



Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar