Daryo

Sudanda harbiylashtirilgan kuchlar Al-Fashr shahrini egallab oldi

Shahar Sudan armiyasining Darfur mintaqasidagi so‘nggi tayanch punkti edi. Mamlakat armiyasi va Tezkor yordam kuchlari o‘rtasidagi urush 2023-yildan beri davom etib kelmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 937 ko‘rishlar0 izoh1

Sudanning qurolli Tezkor yordam kuchlari (RSF) Darfur mintaqasida joylashgan Al-Fashr shahridagi armiya shtab-kvartirasini egallaganini e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Al-Fashr Sudan armiyasining Darfurdagi so‘nggi tayanch punkti edi. Bu g‘alaba RSF uchun muhim bo‘lib, shahar nazorati ularning muqobil hukumatini Darfur markazida mustahkamlashga imkon beradi. Quroli guruh 25-oktyabr kuni Bara shahrini ham egallab olgan edi. Shahar Darfur bilan mamlakat poytaxti Xartumni ajratib turuvchi muhim hudud hisoblanadi.

18 oylik qamal va inqiroz

RSF Al-Fashr shahrini 18 oy davomida qamalda ushlab turibdi. Bu davrda tinch aholi ko‘plab dron va artilleriya zarbalariga uchragan, 250 mingdan ortiq kishi ocharchilik yoqasida qolmoqda. Mutaxasislarning ogohlantirishicha, RSF shaharni to‘liq egallagan taqdirda etnik qasos hujumlari boshlanishi mumkin. 

Sudanda armiya va RSF o‘rtasidagi urush dastlab 2023-yil aprel oyida boshlangan. Ilgari birgalikda hokimiyatda bo‘lgan ikki kuch o‘z qo‘shinlarini birlashtirish masalasida kelisha olmagach, ular orasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Urush oqibatida millionlab odamlar o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan, mamlakatning yarmi ocharchilik yoqasiga kelib, yuqumli kasalliklar tarqalishi avj olmoqda.

Tinchlik muzokaralari

Hafta oxirida AQSH, BAA, Misr va Saudiya Arabistoni rasmiylari yig‘ilib, mojaroga tinch yechim topish masalasini muhokama qilgan. Sudan tashqi ishlar vazirligi vakillari Vashingtonda ikki tomonlama uchrashuvlarda qatnashayotganini bildirgan. Biroq armiya boshchiligidagi suveren kengash har ikki tomon vakillari ishtirokida bilvosita muzokaralar o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar