Gollivudning olamida aktyorlarning taxallus bilan ijod qilishi keng tarqalgan amaliyotdir. Yirik kinostudiyalar aktyorlarning ismlari g‘ayrioddiy, talaffuzi murakkab bo‘lsa, tijoriy muvaffaqiyatga xalaqit berishiga ishonadi. Shu sababli, yosh san’atkorlarga karyerani tezroq rivojlantirish maqsadida o‘z ismlarini soddaroq va amerikacha taxalluslar bilan almashtirish taklifi beriladi. Biroq mashhurlikka erishish bilan bir qatorda, ism insonning o‘zligi va madaniy merosini aks ettiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Quyida o‘z ismini o‘zgartirishni istamagan olti nafar mashhur aktyorlar haqida so‘z boradi.
1. Benedikt Kamberbetch (Benedict Cumberbatch)
Ismini talaffuz qilish qiyin bo‘lgan britaniyalik aktyor ham Gollivud tomonidan ismini soddalashtirish talablariga duch kelgan. Sanoat mutaxassislari unga tomoshabinlar osonroq eslab qolishi uchun qisqaroq taxallus tanlashni maslahat berishgan. Taklif qilingan variantlardan biri Ben Karlton edi. Kamberbetch esa oilasiga va an’analariga bo‘lgan hurmatni saqlab qolishni maqsad qilib, buni rad etdi.
Bugungi kunda uning familiyasi intellektual va xarizmatik rollarning ramziga aylangan. “Sherlok’’, “Doktor Streynj’’, “1917’’ kabi loyihalar shular jumlasidandir.
2. Zoi Saldana (Zoe Saldana)
Aktrisaning haqiqiy ismi Zoye Yadira Saldanya Nazario bo‘lib, dastlab prodyuserlar unga familiyasini “amerikacha shaklga keltirish’’ uchun qisqartirish yoki soddalashtirishni maslahat berishdi. Saldana buni rad etdi va o‘zini to‘liq ismidagi etnik ildizlarni aks ettiruvchi familiya bilan targ‘ib qildi. Natijada u “Avatar’’, “Galaktika qo‘riqchilari’’ kabi yirik va tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etdi.
3. Leonardo Di Kaprio (Leonardo Di Caprio)
Faoliyatining boshida Leonardo Di Kaprio ismini yanada oson va esda qoladigan taxallusga o‘zgartirish bosimiga duch kelgan. Uning uzun va g‘ayrioddiy familiyasini “Lenni Uilyams’’ kabi variantga almashtrish taklifi berilgan. Ammo Di Kaprio uning ismi shaxsiyati va oilaviy tarixining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab, marketing uchun uni o‘zgartirishdan bosh tortdi.
Bu tanlov mutlaqo to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Di Kaprio zamonamizning eng taniqli va nufuzli aktyorlaridan biriga aylanib, “Oskar’’ va “Oltin globus’’ kabi nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
4. Xarrison Ford (Harrison Ford)
Xarrison Ford o‘z faoliyatini boshlaganida, studiyalar unga ismini esda qolarli va qisqaroq taxallusga o‘zgartirishni maslahat berishgan. Unga Xarri Ford yoki Ford Xarris kabi variantlar taklif qilingan. Biroq Xarrison o‘zining haqiqiy ismini qoldirishga qaror qilgan va natijada Ford Gollivud afsonasiga aylangan. Uning “Yulduzlar janggi’’ va “Indiana Jons’’ filmlaridagi qahramonlari Xarrisonning ismini butun dunyoga tanitdi.
5. Barbra Streyzand (Barbra Streisand)
Barbra Streyzandning uzun va g‘ayrioddiy ism-familiyasini ba’zi prodyuserlar juda xunuk deb hisoblagan va keng auditoriya uchun ismini soddalashtirish maqsadida unga Barbara Sends varianti taklif etilgan. Streyzand qat’iyan rad etgan va o‘zining haqiqiy ismi oilaviy tarixining bir qismi ekanligini ta’kidlagan.
Taxallusdan voz kechish uning dunyodagi eng mashhur qo‘shiqchi va aktrisalardan biriga aylanishiga to‘sqinlik qilmadi. Barbaraning o‘nlab yillik karyerasi davomida “Oskar’’, “Emmi’’, “Gremmi’’ mukofotlari bilan taqdirlanishi va uning iste’dodi har qanday marketing yechimlaridan kuchliroq ekanligini isbotladi.
6. Kianu Rivz (Keanu Reeves)
Kianu Rivzning to‘liq ismi Kianu Charlz Rivz bo‘lib, faoliyatining boshida prodyuserlar unga Amerika tomoshabinlari uchun jarangdorroq va osonroq taxallus tanlashni maslahat berishgan. Ki Rivz yoki Ki Charlz kabi takliflar Kianu aktyorga yoqmagan va u rad javobini bergan.
Kianu Rivz “Matritsa’’, “Jon Uik’’ va “Tezlik’’ filmlaridagi mashhur rollari bilan butun dunyoga tanildi. U individuallik va o‘z qadriyatlariga sodiqlik uzoq va muvaffaqiyatli karyeraning muhim tarkibiy qismiga aylanishi mumkinligini isbotladi.








