Daryo

Afg‘onistonda O‘zbek tili kuni nishonlandi (foto)

Tadbir “Tolibon” hukmronligidan beri birinchi marta nishonlanmoqda. Unda O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham qatnashgan. Afg‘onistonning 10 dan ortiq viloyatida o‘zbek tilida so‘zlashiladi.

1 daqiqa o‘qish1 962 ko‘rishlar0 izoh10

Afg‘onistonning Kobul shahrida fuqarolik jamiyati faollari va “Tolibon” rasmiylari ishtirokida milliy O‘zbek tili kuni nishonlandi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Tadbirda afg‘on pedagoglari, shoirlari, yozuvchilari va jurnalistlari ishtirok etdi. Marosimga O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasi vakillari va bir qator “Tolibon” hukumati rasmiylari ham tashrif buyurdi.

Foto: “Daryo”

Dastur ishtirokchilari Afg‘onistonning madaniy birligini mustahkamlashda o‘zbek tilining rolini ta’kidladi. Ular “Tolibon” hukumatini ta’lim va ommaviy axborot vositalari tizimida turli tillarni, xususan, o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash siyosatini ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Foto: Etilaatroz

Marosim arafasida o‘zbek san’ati va madaniyatiga oid asarlar — kitoblar, xattotlik namunalari, rasmlar, milliy liboslar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar hamda milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘zbek tili kuni Afg‘onistonning Faryob, Sari Pul, Juzjon, Taxor va Badaxshon viloyatlarida ham nishonlanadi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

2020-yilda Afg‘oniston hukumati 21-oktyabrni “O‘zbek tili milliy kuni” sifatida nishonlashni belgilagan. Shu kunni mamlakat rasmiy taqvimiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

O‘zbek tilining milliy bayrami avvalgi hukumat ag‘darilganidan va “Tolibon” hukmronligidan beri birinchi marta nishonlanmoqda. Oʻzbek tili Afgʻonistonning muhim tillaridan biri boʻlib, asosan shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarda qoʻllanadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Afg‘onistonning 10 dan ortiq viloyatida istiqomat qiladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar