Daryo

Yaman husiylari BMTning 20 nafar xodimini hibsga oldi

Husiylar ularni Isroilga josuslik qilganlikda ayblamoqda. Xodimlarning kompyuter, telefon va serverlari musodara qilingan.

1 daqiqa o‘qish1 796 ko‘rishlar0 izoh0

Yaman husiylari BMTning 20 nafar xodimini hibsga oldi. Bu haqda tashkilotning Yamandagi doimiy koordinatori matbuot kotibi Jan Alam xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xodimlar Sana shahridagi BMT obyekti hududida ushlangan. Bir kun avval husiylar boshqa obyektdagi xodimlarni ham qoʻlga olgan. Yangi hibsga olinganlar orasida 5 nafar yamanlik va 15 nafar xalqaro xodim bor. BMTning yana 11 nafar ishchisi qisqa muddatga so‘roq qilinib, keyinchalik qo‘yib yuborilgan.

Qolgan asirlarning taqdiriga aniqlik kiritilmagan. Alamning aytishicha, BMT “bu jiddiy vaziyatni imkon qadar tezroq hal qilish, barcha xodimlarni hibsga olishni to‘xtatish va Sanadagi obyektlari ustidan to‘liq nazoratni tiklash uchun“ husiylar bilan bevosita aloqada.

The Associated Press nashriga anonimlik sharti bilan intervyu bergan BMT vakilining aytishicha, husiylar obyekt ichidagi barcha aloqa uskunalarini, jumladan kompyuterlar, telefonlar va serverlarni musodara qilgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilotning 50 dan ortiq xodimi qoʻlga olingan. Husiylar ularni Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblamoqda. Tashkilot esa bu ayblovlarni rad etgan.

Oldingi qamoqqa olish holatlariga javoban, BMT 2025-yil boshida Saadadagi faoliyatini to‘xtatdi va Adan shahriga ko‘chdi.

“53 nafar hamkasbimizning noqonuniy ravishda qamoqqa olinishini to‘xtatishga chaqirishni davom ettiramiz”, dedi BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.

​

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar