Daryo

Yangi Zelandiya Eronga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Taqiqqa Tehronning yadro majburiyatlariga rioya qilmasligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Endilikda mamlakatda Eron bilan savdo qilmoqchi bo‘lganlar ro‘yxatga olinadi.

1 daqiqa o‘qish1 892 ko‘rishlar0 izoh0

Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vaziri Vinston Piters 17-oktyabr kuni Eronga qarshi sanksiyalar qayta joriy etilganini ma’lum qildi. Bunga Tehronning yadro majburiyatlariga rioya qilmasligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, BMT tomonidan 2015-yilda imzolangan Xalqaro yadro dasturi shartlariga Eron amal qilmagani sababli sanksiyalar 18-oktyabrdan boshlab qayta qo‘llaniladi.

Yangi sanksiyalar qatorida aktivlarni muzlatish, sanksiyaga tushgan shaxslarga sayohat taqiqi, ayrim yadroviy va harbiy mahsulotlarni import hamda eksport qilish taqiqi bor. Bundan tashqari, yangi zelandiyaliklar Eron bilan savdoda ehtiyotkorlikka chaqirilmoqda. Xususan, Yangi Zelandiya 2026-yil 1-fevraldan boshlab Eron bilan biznes qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun majburiy ro‘yxatga olish tizimini joriy etishini ma’lum qilgan.

Vinston Pitersning ta’kidlashicha, sanksiyalarning qayta joriy qilinishi Eronning yadro majburiyatlariga rioya qilmasligi va uranning noqonuniy darajada boyitilishiga bo‘lgan chuqur xavotirining ifodasidir.

“Yangi Zelandiya doimo yadroviy qurollarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Biz Eronni muzokaralarni qayta boshlashga va Xalqaro atom energetika agentligi bilan to‘liq hamkorlik qilishga chaqiramiz”, degan Piters.

Bundan oldin Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya ham Eronga BMT sanksiyalarini qayta joriy qilgan edi. Avstraliya esa avgust oyida Tehronni Sidney va Melburn shaharlarida antisemit yong‘in hujumlarini uyushtirishda ayblab, Eron elchisini mamlakatdan 7 kun ichida chiqib ketishga chaqirgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar