Daryo

Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi (video)

Buxorolik 31 yoshli Zuxriddin Yo‘ldoshevga Rossiya armiyasi tomonidan 2 ta tanlov qo‘yilgan: front yoki qamoq, deya xabar beradi NextaLive Telegram kanali.

1 daqiqa o‘qish2 683 ko‘rishlar0 izoh21

Rossiya tomonidan urushga jalb qilingan O‘zbekiston fuqarosi — buxorolik 31 yoshli Zuxriddin Yo‘ldoshev Ukraina frontiga yetib borgan zahoti taslim bo‘lganini ma’lum qildi.

Yo‘ldoshevning aytishicha, u Rossiya armiyasi safida urushga qatnashish shartnomasini majburiy ravishda imzolagan. Politsiya uni giyohvand moddalar bilan aloqadorlikda ayblab, 12–18 yilga qamash bilan tahdid qilgan. “Uning oldiga 2 ta tanlov qo‘yilgan: qamoq yoki front”, — deya xabar beradi NextaLive Telegram kanali.

Yo‘ldoshev dronga taslim bo‘lgan

Yo‘ldoshev frontga yetib kelgan zahoti ukrain harbiy droni uni aniqlagan. U darhol qurolsiz holatda taslim bo‘lgan. Rossiya armiyasidagi sharoitlar haqida gapirar ekan, u aloqa vositalari va harbiy jihozlarni o‘z hisobidan sotib olganini, armiyada tartibsizlik va aldov hukmronligini bildirgan.

Unga ko‘ra, jang maydonida halok bo‘lgan askarlarning jasadlari shunchalik ko‘p bo‘lganki, qadam qo‘yishga joy qolmagan. Yo‘ldoshev Rossiyaga qaytishni istamayotganini aytib, O‘zbekiston hukumatidan vatanga qaytishda yordam so‘ramoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar