Daryo

Chakanda haqiqatdan ham organizmni shamollashdan himoya qila oladimi?

Chakanda (“oblepixa”)dagi beta-karotin miqdori 100 grammda 10–20 mg ni tashkil etadi, bu esa taxminan 900–3 600 mikrogramm retinol ekvivalenti hisoblanadi. Bu miqdor ko‘z salomatligi, immunitet va teri tuzilishini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan vitamin A ning tavsiya etilgan kundalik ehtiyojiga to‘g‘ri keladi.

2 daqiqa o‘qish3 783 ko‘rishlar0 izoh1

Chakanda (Hippophae rhamnoides), ya’ni oblepixa yorqin sariq va to‘q sariq rangdagi mayda mevalar bo‘lib, sovuq iqlimga moslashgan buta shaklida o‘sadi. Bu o‘simlik Rossiya, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo kabi hududlarda keng tarqalgan, asosan sovuq mavsumda immunitetni mustahkamlash va sog‘liqni yaxshilash uchun ishlatiladi.

Chakandaning tarkibi va foydalari

1. Vitamin C manbai

Chakanda mevalari vitamin C (askorbin kislotasi)ga boy bo‘lib, 100 gramm mevada taxminan 400 mg vitamin C mavjud. Bu miqdor apelsinlarga nisbatan 5 barobar ko‘pdir. Biroq mahsulotni qayta ishlash jarayonida vitamin C ning 5–11 foiz qismi yo‘qolishi mumkin, shuning uchun yangi uzilgan mevalar eng foydalisidir.

2. B guruh vitaminlari

Chakandada B2 (riboflavin), B3 (niatsin), B6 va B12 vitaminlari mavjud bo‘lib, ular organizmdagi energiya ishlab chiqarish, nerv tizimi va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu vitaminlar asosan hayvonot manbalarida mavjud bo‘lsa-da, chakanda vegetarianlar va veganlar uchun mos hisoblanadi.

Foto: Lifehacker.ru

3. Beta-karotin (Vitamin A)

Chakandadagi beta-karotin miqdori 100 grammda 10–20 mg ni tashkil etadi, bu esa taxminan 900–3 600 mikrogramm retinol ekvivalenti hisoblanadi. Bu miqdor ko‘z salomatligi, immunitet va teri tuzilishini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan vitamin A ning tavsiya etilgan kundalik ehtiyojiga to‘g‘ri keladi.

4. Polifenollar va flavonoidlar

Chakandada 100 dan ortiq turli polifenol va flavonoidlar mavjud bo‘lib, ular kuchli antioksidant xususiyatlarga ega. Bu moddalar erkin radikallarning zararli ta’sirini kamaytiradi, yallig‘lanish jarayonlarini pasaytiradi va saraton kabi kasalliklarning oldini olishda yordam beradi.

5. Omega yog‘ kislotalari

Chakanda tarkibida omega-3, omega-6, omega-7 va omega-9 yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, ular yurak salomatligini yaxshilash, yallig‘lanishni kamaytirish va teri salomatligini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

Chakandaning salomatlikka ta’siri

Foto: Lifehacker.ru

Chakanda mahsulotlari sharbatlar, marmeladlar, yog‘lar va kapsulalar shaklida keng tarqalgan. Ba’zi tadqiqotlar chakanda ekstraktlarining immunitetni mustahkamlash, yallig‘lanishni kamaytirish va hatto saraton hujayralarining o‘sishini to‘xtatishda foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Biroq chakanda mevalarining shamollashni oldini olish yoki davolashdagi samaradorligi bo‘yicha ilmiy dalillar cheklangan. Ba’zi kichik tadqiqotlar chakanda iste’mol qilgan ishtirokchilarda C-reaktiv oqsil miqdorining kamayganini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu O‘RVIni oldini olish yoki tezroq tuzalishga yordam berishi aniq emas.

Chakanda mevalarini yangi holda iste’mol qilish, shuningdek, ularning sharbati, marmeladi yoki quritilgan shaklida ham foydali.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar