Daryo

Pokistonda OITS bilan kasallanish rekord darajada oshmoqda

Mamlakatda 2025-yilning 9 oyida 10 mingdan ortiq kasallanish holati aniqlangan. Virus yuqtirish chaqaloqlarda ham qayd etilmoqda.

2 daqiqa o‘qish1 795 ko‘rishlar0 izoh2

Pokiston sog‘liqni saqlash rasmiylari mamlakatda OITS bilan kasallanishlar soni rekord darajaga yetganini ma’lum qlldi. 2025-yilning 9 oyida 10 mingdan ortiq odamda virus aniqlangan. Bu haqda Gulf News xabar berdi.

Yil oxirigacha bu raqam 14 mingdan oshishi prognoz qilinmoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilda 13 001 tani tashkil etgandi. Yangi holatlarning aksari tibbiy protseduralar, shoshilinch yordam va vizalar uchun o‘tkazilgan tekshiruvlar vaqtida tasodifan aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, yangi aniqlangan holatlar sayohat yoki jarrohlik oldidan majburiy tekshiruvdan o‘tish vaqtida qayd etilmoqda. Pokistonda yuqori xavf guruhlari, deportatsiya qilingan mehnat migrantlari yoki fohishalarni majburiy tekshirishni talab qiluvchi qonun yo‘q. Shu sababdan minglab odamlar kasalligini bilmay, davolanmay, virusni boshqalarga yuqtirmoqda.

UNAIDS, JSST va UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxirigacha Pokistonda OITS bilan kasallanganlar soni 40 mingga yetishi mumkin. So‘nggi yillarda Mirpurkhas va Taunsa shaharlarida bolalarda ishlatilgan shpritslardan qayta foydalanilmoqda. Shu sababli, virus yuqtirish holatlari onalar va chaqaloqlarda ham qayd etilmoqda.

France 24

Mutaxassislarning aytishicha, kasallanish eng ko‘p erkaklar orasida aniqlanmoqda, ayniqsa metanfetamin kabi dorilar yordamida himoyasiz jinsiy aloqa sababli bunday holatlar yuzaga kelmoqda. Ushbu virus transgenderlar va fohishalar o‘rtasida ham tarqalmoqda, ularning akasari o‘z holatidan bexabar. Shuningdek, chet eldan deportatsiya qilingan ishchilar orasida ham kasallanish ko‘paymoqda.

Hozirda Pokistonda taxminan 369 ming kishi OITS bilan yashamoqda, ammo ularning 78 ming nafari davolash markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan va taxminan 55 ming kishi antiretrovirus terapiyasini oladi. Ko‘pchilik esa davolanishni istamaydi yoki to‘xtatadi, bu esa virusning keng tarqalishiga olib keladi.

Mutaxassislar sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, OITS tekshiruvini majburiy qilish va kasallikni erta aniqlashga ko‘proq e’tibor qaratishni talab qilmoqda. Xususan, ular quyidagilarni muhim deb hisoblaydi:

- yuqori xavf guruhlari va deportatsiya qilinganlardan majburiy OITS testi olish;

- sog‘liqni saqlash muassasalarida infektsiyani nazorat qilish qoidalarini qat’iy bajarish;

- yaxshi moliyalashtirilgan milliy OITS dasturini tashkil etish;

- va jamiyatda OITSga oid noto‘g‘ri qarashni kamaytirish.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar