Daryo

Qatar hamda Saudiya Arabistoni JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

8–14-oktyabr kunlari o‘tkazilgan bahslarda 6 ta jamoa ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashdi

1 daqiqa o‘qish2 644 ko‘rishlar0 izoh1

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi a’zosi hisoblangan yana ikkita terma jamoa 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Markazlashgan tarzda o‘tgan saralashining 4-bosqichida ishtirok etgan olti terma jamoa — Indoneziya, Iroq, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari orasidan Qatar hamda Saudiya Arabistoni mundial ishtirokchisiga aylandi.

8–14-oktyabr kunlari o‘tkazilgan bahslarda jamoalar ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashdi. “A” guruhida Qatar BAA va Ummonni ortda qoldirib, guruh g‘olibi sifatida Jahon chempionati chiptasiga ega chiqdi. “B” guruhida esa Saudiya Arabistoni, Iroq va Indoneziya bilan kuch sinashdi. Yakunda Saudiya Arabistoni to‘plar farqi bo‘yicha Iroqni ortda qoldirib, mundial ishtirokchisiga aylandi.

Foto: Sofascore

Guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan Iroq va BAA terma jamoalari 2025-yil 13 va 18-noyabr kunlari ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilikda maydonga tushadi. Ushbu bahs g‘olibi qit’alararo pley-offda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Shu tariqa, OFKdan yo‘llanma olgan jamoalar nomi 8 taga yetdi: Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, O‘zbekiston, Qatar hamda Saudiya Arabistoni.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5-iyun kuni 2026-yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. “A” guruhida ishtirok etgan “oq bo‘rilar” Eron terma jamoasi bilan birga guruhda yetakchilik qilib, BAA, Qatar, Qirg‘iziston va Shimoliy Koreya jamoalarini ortda qoldirgan holda Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar