Daryo

BYD Seal 6 endi BYD Astana Motors dilerlik markazlarida!

2 daqiqa o‘qish8 540 ko‘rishlar0 izoh11

2020 kilometrgacha rekord yurish masofasiga ega BYD Seal 6 gibrid sedani endi BYD Astana Motors dilerlik markazlarida sotuvga chiqarildi.

9-oktyabr kuni Toshkentda avtomobil sanoatining kuzgi mavsumidagi asosiy premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi BYD brendining rasmiy model qatoriga yangi Seal 6 modeli taqdim etildi. Bu yuqori texnologiyali qulay sedan o‘ta kam yonilg‘i sarfi va NEDC sikli bo‘yicha 2020 kilometrgacha bo‘lgan rekord yurish masofasiga ega.

Endi sayohatlar nafaqat qulayroq va xavfsizroq, balki ancha tejamkor ham bo‘ladi, chunki BYD Seal 6 avtomobilining yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga atigi 3,4 litrni tashkil etadi.

Avtomobilning ba’zi xususiyatlari:

— 2020 kilometr umumiy yurish masofasi (NEDC). Sayohatlaringiz ancha tejamkor va qulay bo‘ladi. Endi yoqilg‘i quyish va quvvatlash shoxobchalari orasidagi masofani hisoblash zarurati yo‘q. Bularning barchasi 65 litr sig‘imli yoqilg‘i baki va Seal 6 ning yuqori energiya samaradorligi tufayli amalga oshirildi.

— Faqat elektr energiyasida 120 kilometr (NEDC). 15,8 kVt·soat sig‘imli akkumulyator chiqindilarsiz va yoqilg‘i sarflamasdan elektr energiyasida 120 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi - bu shahar ichidagi sayohatlar uchun eng maqbul yechim hisoblanadi.

— Kuzovning qattiqligi 36% ga oshgan. Mustahkamlangan konstruksiya avtomobilning xavfsizligi va barqarorligini oshiradi, eng qat’iy xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi.

— G‘amxo‘rlik va qulaylik. Keng salon, orqa qator o‘rindiqlarining markazida to‘liq tekis pol mavjud bo‘lib, bu yo‘lovchilarga oyoqlarini erkin joylashtirish va qo‘shimcha qulaylik yaratish imkonini beradi. Yuqori samarali shovqin izolyatsiyasi (NVH) salonda yoqimli muhit hosil qiladi. Haydovchi o‘rindig‘ining xotira funksiyasi tufayli, uni har safar yo‘lga chiqishdan oldin qayta sozlashga hojat qolmaydi.

O‘zbekcha interfeys. BYD bulutli xizmati, 4G aloqa. Avtomobil salonida Bluetooth

  • 8,8 dyuymli asboblar paneli
  • 15,6 dyuymli sensorli ekran

BYD Seal 6 ning asosida BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ilg‘or gibrid tizim mavjud. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:

Gibrid va elektr rejimlari orasidagi ravon o‘tish: energiyaning aqlli taqsimlanishi har qanday yo‘l sharoitida eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

— 160 kVt quvvatga ega elektr motor: ishonchli tezlanish va dinamik haydash uslubini ta’minlaydi.

— Maksimal aylanish momenti 260 N·m: qulay safarlar uchun samaradorlik va tejamkorlikning eng maqbul uyg‘unligi.

Avtomobil O‘zbekiston bozoriga moslashtirilgan bo‘lib, qishki va yozgi mavsumlar o‘rtasidagi harorat farqini hisobga oladi. Jihozlanishiga old va yo‘lovchi o‘rindiqlarini isitish, rulni isitish, old qator o‘rindiqlarini shamollatish tizimi kiradi, shuningdek, avtomobilga sovutgich/isitgich o‘rnatilgan.

BYD Seal 6 kuzovning to‘rtta rangi va salonning ikki xil rangda taqdim etiladi.

BYD Seal 6 o‘zbekistonliklarga eng yuqori Flagship 120 komplektatsiyasida taqdim etilmoqda. Uning xususiyatlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://byd-astanamotors.uz/ru/seal-6

Kafolat muddati 6 yil yoki 150 000 km. Blade batareyasi uchun kafolat 8 yil

Narxi 364 400 000 so‘m. Kreditga xarid qilish imkoniyati mavjud.

Maslahat olish, texnik xizmat ko‘rsatishga yozilish va test-drayvni 1322 yagona raqami orqali amalga oshirish mumkin.

Sayt: http://byd-astanamotors.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/byd_astanamotors.uz

Facebook: https://www.facebook.com

Batafsil ma’lumot uchun 1322 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Reklama

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar