“Barselona” hamda Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal faoliyatini Saudiya Arabistoni Proligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, “Al-Hilol” futbolchi uchun 400 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirganbildirgan.
Unga ko‘ra, “Barselona” Lamin Yamal bo‘yicha bildirilgan dastlabki taklifni rad etgan va uni klubning muhim futbolchi sifatida jamoada saqlab qolmoqchi ekanligini bildirgan. Biroq, klubdagi moliyaviy sabab transfer amalga oshishi mumkin.
Klubga yaqin manbalarning xabar berishicha, kataloniyaliklar ustozi Hansi Flik hamda Yamal o‘rtasiga sovuqchilik tushgan. Sababi 18 yoshli vinger nemis mutaxassisining o‘yin falsafasidan norozi bo‘lmoqda. Bu esa klubning kiyinish xonasida vaziyat oldingidek emasligini ko‘rsatmoqda. Agar ushbu holat o‘zgarmasa, Yamal jamoadan ketish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal yaqinda “Barselona” bilan shartnomasini 2031-yilga qadar uzaytirdi. Yangi bitimga ko‘ra, futbolchi yiliga 21 million yevro maosh oladi.
Avvalroq unga Fransiyaning “PSJ” klubi ham qiziqish bildirayotgani hamda Lamin uchun 230 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgani xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Yamal barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt futbolchining qiymatini 200 million yevroga baholanmoqda.








